Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

Otajonim

Dilga payvand qildim har bir so‘zingizni,

Xotirjamman, yuragimda halovat bor,

Hech ham yerga qaratmasman yuzingizni,

Ota, desam hayotimda tarovat bor.

Bergan non-u tuzingizni oqlagayman,

Bu hayotda orzularim juda bisyor.

Onam bilan qo‘sha qaring! Alqagayman!

Kelajagim ro‘yobida o‘rningiz bor.

Otajonim, duo qiling qizingizni.

Ishonchingiz o‘zi menga katta olam,

Faxr bilan bosib yuray izingizni,

“Otasining qizi”, desin ko‘rgan odam.

       

Mehrangiz Zokirova,

Surxondaryo viloyati Termiz shahridagi 12-maktabning 6-sinf o‘quvchisi

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.