- Rukn: Sheʼrlar
- 824 marta ko‘rilgan
Kitob
Ma’rifatga u limmo-lim,
O‘qi deya qilar xitob.
Undan o‘qib oldim bilim,
Ustozlarning zo‘ri kitob.
Dilga ziyo nurin sochdi –
Yo‘limizda bo‘ldi oftob.
Ezgulikka eshik ochdi,
Qadrdonim bo‘ldi kitob.
Bilim bilan qalbni bezar,
Bildirmas kam-u ko‘stimni.
U o‘zidan sochadi zar
Xor qilmayin o‘z do‘stimni.
Hilola Shaymurodova,
Toshkent shahar Olmazor tumanidagi
133-maktabning 10-sinf o‘quvchisi