- Rukn: Sheʼrlar
- 407 marta ko‘rilgan
Varragim
Keng osmonda varragim
Yozib burgut qanotin.
Uchar barcha qushlarga
Ko‘z-ko‘z qilib qomatin.
Qarab tursam shu tobda,
Uchib ketmoq istadi.
Shamolga ergashgan-cha,
“Qo‘yvor” deya qistadi.
Ayyor shamol xo‘p tortdi,
Qo‘ymagayman yutqazib.
Chunki varrak burnidan,
Olganman ip o‘tkazib.
Sabina Habibullayeva,
Jizzax viloyati G‘allaorol tumani
63-maktab 4-sinf