- Rukn: Sheʼrlar
- 550 marta ko‘rilgan
Onasini sogʻingan onam
Qancha sinov, chidarkan odam,
Ba’zan buyuk bo‘larkan alam.
Bo‘lsam, derdim dardiga malham,
Onasini sog‘ingan onam!
Yuzda kulgu, ko‘zda nihon g‘am,
Buni bizga bildirmas hech dam.
Men esa jim, garchi sezsam ham,
Onasini sog‘ingan onam!
Cheksiz jafo cheksa-da har on,
Xasta qalbi tubida pinhon.
Shuncha fido bo‘larmi inson,
Onasini sog‘ingan onam!
Ba’zan ortiqchaday bu jon ham,
Ko‘zda qalqqan yoshini ko‘rsam.
Chorasizman, shu qilar alam,
Onasini sog‘ingan onam!
Tohaxon Ahmadxonov,
Namangan shahar
66-IDUM 11-sinf