- Rukn: Sheʼrlar
- 1202 marta ko‘rilgan
Yangrar Navroʻz yallasi
Bahor toza havosi,
Qadim shoʻxchang navosi.
Togʻlarida jaranglar,
Uning aks-u sadosi.
Yangrar Navroʻz yallasi,
Avji bahor pallasi.
Zerikkan qishdan juda
Chorlar dehqon dalasi.
Sogʻintirgan koʻklam bu,
Qarang, buncha koʻrkam u.
Navroʻz bilan qutlaydi,
Qanday goʻzal bayram u.
Oy moʻralar tunlari,
Oftob kular kunlari.
Yana qayta yangidan,
Chiroy ochar gullari.
Qir bezagi lolam u,
Shabnam sevinch jolam u.
Jilosi koʻz oʻngida,
Ajib sirli olam u.
Rustambek TUROPOV,
Zangiota tumani