Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

Yashnar ko‘nglim bog‘lari

Bolalikning dunyosida

 

“To‘y-to‘y” o‘ynab tugunchalar,

Shirin bo‘lar non-kulchalar.

Chamandagi gul-g‘unchalar,

Bolalikning dunyosida.

 

Yog‘och otlar tolmaydilar,

Tunda uxlab qolmaydilar,

Qovoqlarin solmaydilar,

Bolalikning dunyosida.

 

 

Ona tilim

 

She’rdan tuzsam guldasta,

Chamanim ham gulimdir.

Yashnar ko‘nglim bog‘lari,

O‘zbek ona tilimdir.

 

Xush yoqadi kalomi,

Obod sahro, cho‘limdir.

Olgan davlat maqomin,

Aziz ona tilimdir.

 

Rustambek TUROPOV

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.