Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

Yosh shoirga

Tilay g‘ayrat senga, yosh shoir ukam,

Fazl-u hikmat senga, yosh shoir ukam.

Biz ham kuylab o‘tdik imkonlar qadar,

Endi navbat senga, yosh shoir ukam.

 

Mustaqil hur ma’vo seningdir, sening,

Ozod, emin sado seningdir, sening.

Biz shivirlab aytgan tuyg‘uni endi

Kuylash oshkoro seningdir, sening.

 

Nafosat yurtiga posbon bo‘l, o‘g‘lon,

Tili shamshir, ko‘ksi qalqon bo‘l, o‘g‘lon.

Avvalo shoir bo‘l, undan ham avval

Shu yurtga o‘g‘lon bo‘l, o‘g‘lon bo‘l, o‘g‘lon.

Erkin Vohidov,

Oʻzbekiston xalq shoiri

 

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.