- Rukn: Sheʼrlar
- 507 marta ko‘rilgan
Yoshlarga baxt bergan diyor
Yurtda yoshlar yozsa dil, pinhona qilgayman havas,
Baxt-u taxtingiz erur, shohona qilgayman havas.
Kuylasam dil torida, so‘z yo‘q ekan izhorida,
Zavqlanib gulzorida mastona qilgayman havas.
Jo‘sh urib ishq qonida, mehr-u muhabbat yonida,
Ezgulik karvonida har yona qilgayman havas.
Dilda yor bo‘lgan zamon, baxt-u bahor bo‘lgan zamon,
Qo‘lda tor bo‘lgan zamon, imkona qilgayman havas.
Ey mening osmonlarim, dil bog‘ida posbonlarim,
Tinchligim, qo‘rg‘onlarim, parvona qilgayman havas.
O‘zbekiston o‘rni bor, yoshlarga baxt bergan diyor,
Sizga barcha e’tibor, shodiyona qilgayman havas.
Toleingiz kulganim, dunyo kezar til bilganim,
Ko‘kka bayroq ilganim, do‘stona qilgayman havas.
Yoshligim yutgan dala, ko‘z yoshlarim qilgay jala,
Turnalar uchgay gala, osmona qilgayman havas.
O‘ylasam Axtamquli, yoshlik bahorimning guli,
Yog‘sa mehrim hosili, mardona qilgayman havas.
AXTAMQULI