Atirgulim
Yomg‘ir bo‘lib qolsam yuzlaring chayib,
Boshingda quyoshdek tursam jilmayib.
Baxtning borligini sezadi ko‘nglim,
Yashnab turganingda, oq atirgulim.
Madhingni kuylasa sarmast bo‘lar dil,
Betakror chiroying oshig‘i bulbul.
Sening xushbo‘y atring chaman tuhfasi,
Undan taraladi hayot nafasi.
Farzona MADAZIMOVA,
Angren shahar Pedagogika va xizmat
ko‘rsatish kolleji o‘quvchisi