Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

2017-yil 6-son

  • O‘qi, bolam, kitobing

    O‘qi, bolam, kitobing ezgulikka boshlaydi,

    O‘qisang, qattiq ko‘ngling, bolam, biram yumshaydi,

    Bog‘laring, chamanlaring gul ochadi, yashnaydi,

    Hayot nomli laylaklar yuragingda qishlaydi,

    Avlodlaring, Vataning, bolam, mangu yashaydi,

    Kir libosin egnidan dunyo yechib tashlaydi,

    Vatansizlar, xoinlar, albat, labin

    ...
  • Ravon yo‘llar ostonasida

    Jurnalimizning aziz muxlislari! Siz bolajon xalqning erka va baxtli farzandlarisiz. Oila, mahalla, maktabda, turli to‘garak va boshqa hordiq chiqarish maskanlaridagi barcha qulay imkoniyatlar sizlar uchun, sizning kelajagingiz uchun.

    Yurtimizda har bir kun bolalar kunidek tuyuladi menga. Balki hamisha sizning davrangizda yurganim, sizlarni jon dildan yaxshi ko‘rganim uchundir. Nima

    ...
  • Qo‘limizdagi nur

    Uning ziyosidan barchamiz bahramand bo‘laylik

     

    Bolaligidan kitobni do‘st bilib, uni qadrlagan, oftobdek nuridan ko‘ngli ravshanlashgan o‘quvchi borki, bu beqiyos xazinaning chindan betakror mo‘jiza ekanligini tushunadi. Ayniqsa, elda aziz va mo‘tabar insonlar bilan suhbatlashsak, ularning bu darajaga yetishlarida,

    ...
  • “Barkamol avlod”da bayram

    Samandar kichikligidan rasm chizishga qiziqar, buvisi aytgan ertak qahramonlari haqidagi tasavvurlarini qog‘ozga tushirishga harakat qilardi. Rasm darsidan faqat a’lo baholarga o‘qigan Samandar ustozining maslahati bilan “Barkamol avlod” respublika bolalar texnik ijodiyoti markazidagi “Tasviriy san’at” to‘garagiga qatnay boshlaganiga bir yildan oshdi. 2016-yil “Konstitutsiya – mening faxrim”,

    ...
  • Chori muallim “imtihoni”

    Mahallamizdagi Chori boboni hamma hurmat qiladi. U kishi maktabda salkam qirq yil geografiya fanidan dars bergan. Sinf rahbarimiz Tolib aka iborasi bilan aytganda, u insonning bilimlar geografiyasi nihoyatda keng. Buni biz, Chori boboning “nevara” shogirdlari – maktab o‘quvchilari ham juda yaxshi bilamiz. Chunki bobo ko‘pincha bizni ko‘rib qolsalar, albatta, qiziq-qiziq savollarga tutib,

    ...
  • Hikoyani o‘qib...

    Jurnalning o‘tgan sonida berilgan Muhabbat Hamidovaning “Jumboq hikoyalar”iga o‘z munosabatimni bildirmoqchiydim. Sardor she’rni yaxshi yodlab oldi, ammo uning kitobiga achindim. Chunki kitob non kabi e’zozlanadi. Varaqlarini yelimlagan taqdirda ham kitob asl holiga kelmaydi. Sardor kitobni avaylashi kerak edi. Chunki uning ukalari ham shu kitobdan foydalanadi.

    Endi Dilshodjonga

    ...
  • Nabiramning hayrati cheksiz

    Raim Farhodiy,

    75 yosh

     

    Handalak

    Handalak yegach urug‘ini,

    Olib qo‘ydim baland tokchaga.

    Bahor kelgach asta avaylab,

    Ekdim uni bir tuvakchaga.

     

    Tuproqqa qum aralashtirib,

    Qadab qo‘ydim tavakkal

    ...
  • Mehr bisyor edi

    Ulg‘ayish

    – To‘qqizinchi mayda kelinglar,

    Giloslar pishadi bir shirin...

    Bobomning bu aytgan so‘zida

    Mehr bisyor edi,

    Mehr yashirin.

    Urush majruh etgan oyog‘in,

    Sudragancha kulib shodumon,

    Boshlab bizni bog‘ning to‘riga

    Meva bilan etardi mehmon.

    Bu yil aytgan kunida

    ...
  • Jarang sochgan marjonlar

    – Kutib oling, sahnada “Marvarid” bolalar guruhi!

    Boshlovchining jarangli xitobidan so‘ng sahnada bir xilda burmali ko‘ylakcha kiyib, sochpopuk taqqan qizaloqlar-u bayramona libosda bo‘yniga kapalaknusxa bo‘yinbog‘ qo‘ndirib olgan bolakaylar yugurib chiqib, sho‘x qo‘shiq kuylab, shodon raqs tusha boshlashadi...

    Ana, jurnalning navbatdagi soni uchun maqolaga mavzu...

    ...
  • Shoirlikka yo‘q maktab

    (Tahririyatga kelgan she’riy mashqlarni o‘qib)

     

    Har kuni tahririyatga kelgan xatlarning yarmidan ko‘pini she’rlar tashkil qiladi.

    – Voy-bo‘, bir haftada 70 dan ortiq she’r kelibdi-ya, – dedi Xatlar bo‘limi boshlig‘i Iroda Umarova hayajon bilan.

    – Yaxshi-ku, demak, bolalarimiz kitob o‘qishyapti, shoirlarga havas qilishyapti,

    ...
  • Jajji she’rlar

    – Til o‘rganishning eng yaxshi yo‘li so‘zlar mazmuni yashiringan she’rlarni o‘qish. Bola so‘z qadrini tushunsagina chinakam kitobxon bo‘ladi. Iqbol Mirzoning “Erkatoy – erka toy” kitobini o‘qib juda quvondim. Chunki Iqboljon tuyuqlarimizga hamohang so‘z o‘yinlari tufayli bolalarga so‘z jozibalarini, so‘zning bag‘riga yashirilgan mo‘jizani ko‘rsata olgan, – dedi O‘zbekiston xalq yozuvchisi

    ...
  • Sokin tun

    Jimlik cho‘kkan, go‘zal sokin tun,

    Sutdek oppoq, so‘lim bunchalar.

    Chigirtkalar aytar qo‘shig‘in,

    Qamishzorlar shoshib kuy chalar.

    Oy husnidan yulduz uyalib,

    Olislarga qarab uchadi.

    Alamidan durday sochilib,

    Tun yog‘dusin to‘yib ichadi.

    Oy yuziga boqaman takror

    Ko‘zim to‘ymas to‘lin

    ...
  • Do‘st bo‘lib olishdi

    Meni ko‘rsa jo‘jalar,

    Don ber, deb chopishadi.

    Bekinsam ham “chip-chip”lab,

    Qidirib topishadi.

     

    “Qu-qu”lab ona tovuq,

    Jo‘jalarga baqirdi.

    Qay biri tartib buzsa,

    Murosaga chaqirdi.

     

    Don talashib beshovlon,

    Xo‘p urushib qolishdi.

    Qorin to‘ygach

    ...
  • Olma

    Daraxtda olma pishib,

    Ikki yuzi yaltirar.

    Men daraxtni silkitsam,

    Olma qo‘rqib, qaltirar.

     

    Men hali kichik bo‘lsam,

    Unga bo‘yim yetmaydi.

    Olmani qanday uzsam,

    Olma qo‘rqib ketmaydi?

     

    Madina DAVRONOVA,

    Toshkent shahar 287-maktab 7-sinf

  • Majnuntol

    Qaddin egib majnuntol,

    Dard chekadi ma’yus, lol.

    Hamrohi ko‘kda hilol,

    Der: dardingni, aytaqol.

     

    Yonida mag‘rur terak,

    Aytar: “Senga ne kerak,

    Ne uchun yig‘lar yurak

    G‘arib yo‘q sendan bo‘lak?”

     

    Suvlar silar kokilin,

    Shivirlashar maysalar.

    Majnuntol ko‘tarmas

    ...
  • Yoz mevalari

    O‘rik, olma, shaftoli

    Ayni yozda pishadi.

    Essa yozning shamoli

    Yerga to‘p-to‘p tushadi.

     

    Bog‘im serhosil juda,

    Sharbat ichgan mevalar.

    Asalga yo‘qdir hojat,

    Qand, novvotga egalar.

     

    Arofat MULLAJONOVA,

    Andijon viloyati Baliqchi tumani

    2-maktab

    ...
  • Atirgulim

    Yomg‘ir bo‘lib qolsam yuzlaring chayib,

    Boshingda quyoshdek tursam jilmayib.

    Baxtning borligini sezadi ko‘nglim,

    Yashnab turganingda, oq atirgulim.

     

    Madhingni kuylasa sarmast bo‘lar dil,

    Betakror chiroying oshig‘i bulbul.

    Sening xushbo‘y atring chaman tuhfasi,

    Undan taraladi hayot

    ...
  • Yong‘oq

    Yong‘oq nega hamisha

    Tog‘-u toshda o‘sadi? –

    Azim shoxlar egilib,

    Yo‘limizni to‘sadi.

    Yong‘oq juda qattiqdir,

    Yumshoq yerni ko‘rmas ep.

    Toshloq joyda o‘sar u,

    Chaqish oson bo‘lsin deb.

     

    Ruxshona AZIZXONOVA,

    Namangan viloyati Pop tumani

    25-maktab 4-sinf

  • Antiqa javob

    Mirkomilning dadasi

    Aylantirib globus,

    Uni chang bosganidan

    Nuqul qiladi afsus.

     

    O‘g‘li bo‘lsa xotirjam,

    Kuladi “qiqir-qiqir”

    So‘ng der: – dadajon bu joy

    Axir Sahroi Kabir!

     

    Parizoda RO‘ZIBOYEVA,

    Farg‘ona viloyati Qo‘qon pedagogika

    kolleji

    ...
  • Yoz

    Kirib keldi go‘zal yoz

    Dillar topdi sarafroz.

    Charaqlar ko‘kda quyosh,

    Mevalar pishdi xo‘p soz.

     

    Bog‘da bog‘bon bobomga,

    Mohir dehqon tog‘amga,

    Bo‘ldik beminnat dastyor,

    Hosilni terdik xushhol.

     

    Kulib keldi go‘zal yoz,

    Qushlar sayrar jo‘rovoz.

    Urra, ta’tilga

    ...
  • Do‘stlar

    Aylanib yurib mushuk

    Topib olibdi koptok.

    Buzoqvoyga ko‘rsatib,

    Debdi, o‘ynaylik o‘rtoq.

    Buzoq borib uyiga

    Chorlabdi barcha do‘stin.

    Echki, xo‘roz kelibdi,

    Qo‘y kiyib momiq po‘stin.

    Barcha do‘stlar hovlida

    O‘ynabdilar sho‘x-shodon.

    Ahillikka ne yetsin,

    Janjal chiqargan

    ...
  • Tabiatning allasi

    Oyimning aytishicha,

    Qishda borliq uxlaydi.

    Tushunmadim, ularga

    Kimlar alla kuylaydi?!

    Tabiat horib charchab,

    Uyqu elitgan palla

    Shamol uni tebratar,

    Yomg‘ir kuylaydi alla.

     

    Navro‘za TURSUNOVA,

    Sirdaryo viloyati Guliston shahar 6-maktab 8-sinf

  • Shuningdek… (2017-yil 6-son)

    Shuningdek, sahifamizga Navoiy viloyati Nurota tumani 27-maktab 8-sinf o‘quvchisi Rahmiddin O‘roqov, Xorazm viloyati Qo‘shko‘pir tumani 44-maktab 4-sinf o‘quvchisi Mohichehra Polvonnazarova, Jizzax viloyati Zarbdor tumani 3-maktab 7-sinf o‘quvchisi Hamida Sherqulova, Surxondaryo viloyati Qiziriq tumani 36-maktab 9-sinf o‘quvchisi

    ...
  • Ular O‘zbekistonni sevishadi

    yoxud vatanparvarlik bahslaridan reportaj

     

    Emishki, yog‘iy bilan kechgan ilk jangda mardonavor qilich surgan Sparangiz oxir-oqibat dushman hiylasidan vafot etibdi. Yolg‘iz o‘g‘lining jonsiz jasadi tepasida nigohini bir nuqtaga qadab turgan malika To‘maris va nihoyat, so‘nggi so‘zni aytish uchun o‘ng qo‘lidagi qilichni

    ...
  • O‘quvchining bir kuni

    Qishloqda tong erta otadi, desalar ishonavering. Saharda xo‘rozlarning qichqirig‘i sizni uyg‘otadi, biroz o‘tib onasiga talpingan buzoqlarning ma’ragan ovozi eshitiladi. Har tong ko‘chaga suv sepgani chiqqanimda qaysidir qo‘shnimizning hovlisidan tandirda yopilgan non isini tuyaman. Mana, sinfdoshim Anvar sigirini haydab dalaga ketyapti. Lekin har safar mendan avval maktabga yetib

    ...
  • Polapon

    Ayni peshin payti. Quyosh olov purkaydi. Anhorda cho‘milayotgan bolalarni aytmasa, yoshi kattalar salqin joylarni egallashgan. Samoda qushlar ko‘rinmaydi, Hayvon-u hasharotlar ham salqin, namchil yerdan panoh topishgan...

    Yozning jazirama kunlarida buvim meni nigohlaridan qochirmaydilar.

    – Issiqda yurma, oftob urib qo‘ymasin, bolam... Tag‘in sovuq suv ichib qo‘yma,

    ...
  • Quyosh mehri

    Musavvirdek chizar har kun

    Dov-daraxtlar andozasin.

    Zar qalamda ifodalar

    Bosh ko‘targan har novdasin.

     

    Quyosh nurin teng sochadi,

    Gul zaminga berib mehrin.

    Shabnamlarga jilo qo‘shar,

    Ishga solib borki sehrin.

     

    U har safar nur elaydi,

    Maysalari tushar

    ...
  • Do‘stimsan, “Gulxan”

    Bolalarning sevimli,

    Yaqin hamrohi “Gulxan”.

    Unga do‘st bo‘lganlarning

    Aqli ko‘p, baxti kulgan.

     

    “Iste’dod – millat mulki” –

    Ertamizdan ko‘ngil to‘q.

    “Maktab – hayot sabog‘i” –

    Bizda yomon bola yo‘q!

     

    “Ertamiz egalari”

    Zafar quchib kelsalar,

    Duoga qo‘l

    ...
  • Tanbal bola

    Eron xalq ertagi

    Xayol va uyqu mamlakatida tanbal bola yashar ekan. U yerda hamma narsa sekin, tushga o‘xshab o‘tar ekan. Qushlar ham kasalga o‘xshab uchisharkan, ba’zida uchgan holda yerga qulasharkan. Maysalar va o‘simliklar juda sekin, daraxtlar egilib o‘sarkan.

    Odamlar uyqudan kech uyg‘onisharkan. Biror ish qilishsa, uzoq cho‘zilarkan. Ertagimiz

    ...
  • Do‘stning o‘rni

    Solihning qadrdon sinfdosh do‘sti Asadbek boshqa maktabga o‘tib ketdi. Faqat Asadbek bilan o‘ynab, faqat u bilan dars tayyorlab yurgan Solih bundan ancha dovdirab qoldi. Keyin partadoshi Kozim bilan o‘rtoq bo‘lishga qaror qildi. Kozim sinfdagi eng to‘polonchi, dangasa o‘quvchi edi. Avvaliga o‘rtoqlari, balki bu yaxshilikkadir, endi Kozim ham yaxshi o‘quvchiga aylanar, deb o‘ylashdi. Biroq

    ...
  • Oqtoshdagi sirli hodisa

    Padang Boysunga eng yaqin tog‘ qishlog‘i sanaladi. Aslida tog‘lar bag‘rida joylashgan ko‘plab uzoq-yaqin qishloqlarga ham Padang darasi orqali boriladi. Avvallari Padangsoyning shunday yonginasidan boshlanadigan Haydarbuloq adiridan yuqoriga chiqib ketadigan ilonizi so‘qmoq asosiy yo‘l edi. Bu so‘qmoqdan otda, eshakda yoki piyoda yurish mumkin bo‘lib, mashinalar yurolmasdi.

    O‘tgan

    ...
  • Tog‘ bag‘rida

    Men 3-sinfni a’lo baholarga tugatdim.

    – Elmurodova, eng a’lochi, jamoatchi, kitobxon o‘quvchi bo‘lganing uchun senga mukofot bor, – dedi sinf rahbarimiz Zamira Turopova so‘ngi qo‘ng‘iroqdan so‘ng.

    – Qanday mukofot, ustoz? – so‘radim quvonch bilan.

    – Yozgi ta’tilni Zomin tumanidagi “Amir Temur” oromgohida o‘tkazadigan bo‘lding. Mana senga yo‘llanma, – ustoz

    ...
  • Bog‘dagi ta’til

    Singlim Nihola ikkimiz yozni sog‘inib kutamiz. Chunki biz ta’tilni bobomning bog‘ida o‘tkazamiz. U yerda qulupnaydan tortib ke-ee-ch kuzgacha pishadigan barcha mevalarni uchratishingiz mumkin. Bizni ko‘rgan bobom va buvijonim:

    – Voy, meni yordamchilarim kelibdi-ku, – deb quchoq ochib kutib olishadi. Kiyimlarimizni almashtirgach qo‘limizga ikkita chelakni olib, bog‘da javlon urib

    ...
  • Onasi nima derdi

    Lyubov Voronkova

     

    Grinka bilan Fedya shovul tergani adirga yo‘l olishdi. Vanya ham ular bilan birga ketdi.

    – Mayli boraqol, – dedi buvisi. – Ko‘proq shovul olib kelsangiz, sho‘rva qilib beraman.

    Hali o‘ti o‘rilmagan dala nihoyatda chiroyli edi. Hammayoq qizil, oq, havorang, sariq gullar bilan

    ...
  • Mo‘jizalar olami

    Har yili 1-iyunda dunyo bo‘yicha “Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni” keng nishonlanib kelinadi. Bu kunga sizlarga kutilmagan sovg‘a tayyorlash uchun O‘zbekiston davlat Qo‘g‘irchoq teatri, O‘zbekiston davlat yosh tomoshabinlar teatri, O‘zbekiston davlat yoshlar teatri (rus tilida) o‘zgacha tayyorgarlik ko‘rishadi. Chunki bu dargohlardagi ijodkorlar sizlarning ma’naviy kamol topishingiz,

    ...
  • “O‘zbekiston tabiati” krossvordi

    Yoylar bo‘yicha: 1. Yer ostidan otilib chiquvchi suv manbai. 2. Harorat va nur taratuvchi samo jismi. 3. Havo harakatidan ro‘y beruvchi hodisa. 4. Fasl. 5. Poliz ekini. 6. Tog‘ning o‘tish qulay joyi. 7. Kamyob cho‘l jonivori. 8. Samodagi yog‘in manbai. 9. Yovvoyi tog‘ qo‘yi. 10. Daraxtzor. 11. Texnika ekini. 12. Ot tusi. 13. Umrboqiy daraxt. 14. Quruq meva. 15. Suv

    ...
  • Javoblaringizni tekshiring (2017-yil 4-songa qarang)

    Guldan yaralgan boshqotirma

    TOPSHIRIQ: 1. Guli. 2. Gulia. 3. “Gulyor”. 4. “Gulxan”. 5. “Gulzor”. 6. “Gulpari”. 7. “Gulo‘yin”. 8. Gulbegim. 9. Gulxaniy. 10. Gulliver. 11. Gulshaniy. 12. Gulchehra. 13. “Guliston”. 14. “Guluzorim”. 15. Gulbashakar.

    KRIPTOGRAMMAKalit so‘zlar: 1. “Guldursun”. 2. Oygul. 3. Nilufar. 4. Chuchmoma. 5.

    ...

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.