Do‘stimsan, “Gulxan”
Bolalarning sevimli,
Yaqin hamrohi “Gulxan”.
Unga do‘st bo‘lganlarning
Aqli ko‘p, baxti kulgan.
“Iste’dod – millat mulki” –
Ertamizdan ko‘ngil to‘q.
“Maktab – hayot sabog‘i” –
Bizda yomon bola yo‘q!
“Ertamiz egalari”
Zafar quchib kelsalar,
Duoga qo‘l ochadi
“Elda e’zoz keksalar”.
“Yosh rassomlar ijodi”
Hayratimiz oshirar.
“Boshqotirma” ortida
Ko‘p hikmatni yashirar.
O‘qib zehnim oshadi,
Tug‘ilar turfa g‘oya.
Aziz do‘stim “Gulxan”ga
Mehrim zo‘r, benihoya.
E’zoza YO‘LDOSHEVA,
Qashqadaryo viloyati Qarshi shahri 19-maktab 6-sinf