Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

Tog‘ bag‘rida

Men 3-sinfni a’lo baholarga tugatdim.

– Elmurodova, eng a’lochi, jamoatchi, kitobxon o‘quvchi bo‘lganing uchun senga mukofot bor, – dedi sinf rahbarimiz Zamira Turopova so‘ngi qo‘ng‘iroqdan so‘ng.

– Qanday mukofot, ustoz? – so‘radim quvonch bilan.

– Yozgi ta’tilni Zomin tumanidagi “Amir Temur” oromgohida o‘tkazadigan bo‘lding. Mana senga yo‘llanma, – ustoz qo‘limga konvert tutqazdi.

Zomin viloyatimizning eng so‘lim xushmanzara, baland archalar o‘sadigan, tumani. Jazirama cho‘l qishlog‘ida voyaga yetayotgan mendek qizaloq uchun bu maskan ertaklardagi Bog‘i Eramdek edi. Oromgohga kelishim bilanoq ancha do‘stlar orttirdim. Bunga birinchi navbatda oromgohda jamoalararo o‘tkazilgan “Mevalar”, “Molekulalar” kabi sport o‘yinlari sabab bo‘ldi. Chunki bu o‘yinlar bolalardan nafaqat xushyorlik va chaqqonlikni balki o‘zaro ahillikni ham talab qiladi-da.

Yana oromgohda qo‘shimcha darslar ham tashkil qilingan. Bunda har kim o‘zi yaxshi ko‘rgan fanlar bo‘yicha darsliklarga kiritilmagan ma’lumotlardan xabardor bo‘ladi, yangi kitoblar bilan tanishadi.

Zomin tog‘lariga uyushtirilgan sayohatlarimiz asosida yetakchimiz yordamida “Zomin bag‘rida” nomli fotoalbom tayyorlamoqchiman. Bu albom mustaqilligimizning 26 yilligiga mening sovg‘am bo‘ladi.

 

Shahlo ELMURODOVA,

Jizzax viloyati Zarbdor tumanidagi

1-maktab

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.