Do‘stlar
Aylanib yurib mushuk
Topib olibdi koptok.
Buzoqvoyga ko‘rsatib,
Debdi, o‘ynaylik o‘rtoq.
Buzoq borib uyiga
Chorlabdi barcha do‘stin.
Echki, xo‘roz kelibdi,
Qo‘y kiyib momiq po‘stin.
Barcha do‘stlar hovlida
O‘ynabdilar sho‘x-shodon.
Ahillikka ne yetsin,
Janjal chiqargan nodon!
Bahor YOQUBOVA,
Qashqadaryo viloyati G‘uzor tumani
53-maktab 4-sinf