Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

Yoz

Kirib keldi go‘zal yoz

Dillar topdi sarafroz.

Charaqlar ko‘kda quyosh,

Mevalar pishdi xo‘p soz.

 

Bog‘da bog‘bon bobomga,

Mohir dehqon tog‘amga,

Bo‘ldik beminnat dastyor,

Hosilni terdik xushhol.

 

Kulib keldi go‘zal yoz,

Qushlar sayrar jo‘rovoz.

Urra, ta’tilga chiqdik,

Mehnatda xo‘p chiniqdik.

 

Ma’murjon NAFASOV,

Qashqadaryo viloyati Kitob tumani

2-D. I. M. I. 8-sinf

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.