Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

Sokin tun

Jimlik cho‘kkan, go‘zal sokin tun,

Sutdek oppoq, so‘lim bunchalar.

Chigirtkalar aytar qo‘shig‘in,

Qamishzorlar shoshib kuy chalar.

Oy husnidan yulduz uyalib,

Olislarga qarab uchadi.

Alamidan durday sochilib,

Tun yog‘dusin to‘yib ichadi.

Oy yuziga boqaman takror

Ko‘zim to‘ymas to‘lin husniga.

Yurakkinam tinchir, ehtimol,

Borsam agar uning qasriga.

 

Zarina AHMEDOVA,

Toshkent pedagogika kolleji

3-bosqich o‘quvchisi

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.