Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

Yayrab, quvnagim kelar

Keksalar duosin oling

Qarisi bor uyning fayzi bo‘lakcha,

Duolar yog‘dirar go‘yoki osmon.

Balki mening gapim o‘xshar ertakka

Ular duosidan olam charog‘on.

 

Qarisi bor uydan rizq-ro‘z arimas,

Xonadon hamisha ziyoga to‘lar.

Qarisi bor uyda dillar qarimas,

Sababi bu uyda farishta kular.

 

Do‘stlarim, sizlarga iltimosim bor,

Har vaqt g‘animatdir, unutmang buni.

Hamisha baxt-omad bo‘lur sizga yor,

Keksalar duosin oling har kuni!

 

 

Kuylagim kelar

 

Hayot, o‘zing go‘zalim,

Seni kuylagim kelar.

Shodlik to‘la ko‘zlarim,

Zavqdan yuragim urar.

 

Borliq nafis libosin

Kiyib olibdi, shoyon,

Nafosatga boy har yon,

Gulga burkagim kelar.

 

Xizrnafas ko‘klamda,

Chiroy ochgan vatanda,

Fayziyob ushbu damda

Yayrab, quvnagim kelar.

 

Derazamdan qaranglar,

Gullab turar o‘riklar.

Ular kabi bo‘lib man

Qiyg‘os – gullagim kelar.

 

Olam oydan-da go‘zal,

Quyosh sochib nur-u zar,

Der: – bag‘ri keng dalalar,

Nurga chulg‘agim kelar.

 

Barnoxon RAJABOVA,

Toshkent shahar Yakkasaroy tumani 26-maktab o‘quvchisi

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.