- Rukn: Sheʼrlar
- 2351 marta ko‘rilgan
Quyosh mehri
Musavvirdek chizar har kun
Dov-daraxtlar andozasin.
Zar qalamda ifodalar
Bosh ko‘targan har novdasin.
Quyosh nurin teng sochadi,
Gul zaminga berib mehrin.
Shabnamlarga jilo qo‘shar,
Ishga solib borki sehrin.
U har safar nur elaydi,
Maysalari tushar terga.
Ma’yus, horg‘in xayrlashar,
Manglayini bosib yerga.
To kechgacha qilib mehnat,
Qizaradi sariq yuzi.
Yaxshiligin minnat etmas,
U osmonning oltin qizi.
Rustambek TUROPOV,
Toshkent viloyati Zangiota tumani