Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

Majnuntol

Qaddin egib majnuntol,

Dard chekadi ma’yus, lol.

Hamrohi ko‘kda hilol,

Der: dardingni, aytaqol.

 

Yonida mag‘rur terak,

Aytar: “Senga ne kerak,

Ne uchun yig‘lar yurak

G‘arib yo‘q sendan bo‘lak?”

 

Suvlar silar kokilin,

Shivirlashar maysalar.

Majnuntol ko‘tarmas bosh,

Yuragida nayzalar.

 

Dilobar RAHMONOVA,

Buxoro viloyati G‘ijduvon tumani

27-maktab 9-sinf

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.