Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

Azizim ustoz!

Qalbingizda gullar ochilgan qiyg‘os,

Qancha ta’zim qilsak, bo‘lar shuncha oz.

Hayot yo‘llarimni yoritgan oftob,

Suyugim, buyugim, azizim ustoz!

 

Otam, onam kabi etarman e’zoz,

Mehnat, fidoyilik kasbingizga xos.

Ilm dunyosining eshigin ochgan

Suyugim, buyugim, azizim ustoz!

 

Soliha SHUKUROVA,

Toshkent viloyati Chinoz tumani

14-maktab 8-sinf

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.