Ochko‘z sichqon
Bir sichqoncha bor edi,
G‘oyat baxtiyor edi.
Nima ko‘rsa kemirar,
Kundan-kunga semirar.
Bir mahal ochdi qorni
Sekin omborga bordi.
Qopni teshdi uringach
Quvondi don ko‘ringach.
Qorni qappaydi rosa,
Yorilardi sal qolsa.
Vazni oshib kuniga,
Sig‘may qoldi iniga.
Xushnudbek HALILOV,
Farg‘ona viloyati Buvayda tumani
2-IMI 8-sinf