Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

Va’da

Biz o‘zbek yoshlari, so‘z naqqoshlari,

Bu qadim o‘lkaning tillaqoshlari.

Ilm-kashfiyotning chin yo‘ldoshlari

Vatan, sen deb urgan yurak bo‘lamiz,

Yorug‘ ertang uchun tirgak bo‘lamiz.

 

Mehrdan nur to‘shab ko‘chalaringga,

Shabnamdek qo‘namiz g‘unchalaringga,

Biz chiroq bo‘lamiz kechalaringga,

Istasang To‘maris, Shiroq bo‘lamiz,

Yomon illatlardan yiroq bo‘lamiz.

 

Maftuna MAHMUDJONOVA,

Toshkent shahar Olmazor tumani

261-maktab 7-sinf

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.