Azizning “qulog‘i yo‘q”
Aziz juda sho‘x bola,
Xo‘p to‘polonchi bo‘lgan.
Kattalarning gapini,
Na qulog‘iga ilgan.
Bir kun ukasi Rustam,
Chizdi Aziz suratin.
Men suratga berdim nom
Ko‘rib uning jur’atin.
Azizjonning ko‘zlari
Yonib turgan cho‘g‘ edi.
Ammo uning suratda,
Quloqlari yo‘q edi.
– Oyim dakki bersalar,
Ish buyursalar bu kun.
Akam gapga kirsalar,
Quloq chizaman shu kun!
Mohira G‘OFURJONOVA,
Sirdaryo viloyati, Boyovut tumani ATFIMI 8-sinf