Vatanim tonglari
Lola yaprog‘ida shabnam tomchisi,
Yarqirab ko‘rinar shoda dur misol.
Zarrin nurlar sohir tongning jarchisi
Ular-la yangi kun ko‘rsatar jamol.
Shunda qo‘lga olib qalam qog‘ozni,
Ko‘ngil torlarini chertaman bexos.
Bizning tonglar shunday sirli va mas’um,
Siz ham quloq tutib, tinglang bir nafas.
Farrux IZZATULLAYEV,
Toshkent shahar 91-sonli
ixtisoslashtirilgan maktab 9-sinf