Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

Beqiyos o‘lkam

Yon atrofi daryo, ko‘llar,

Uzun-uzun so‘qmoq yo‘llar.

Chamanlarga zeb beradi,

Kamalakdek rangli gullar.

 

Tog‘laridan har saharda

Chiqar kulib boboquyosh.

Uning zarrin nurlaridan

Bulut cho‘chib, to‘kolmas yosh.

 

Odamlari mehmonnavoz,

Qalbi daryo, shirinso‘zdir.

Dushmanlarga tog‘day qalqon,

Ochiqko‘ngil – do‘stga do‘stdir.

 

Maftuna NURIDDINOVA,

Toshkent viloyati Zangiota tumani 19-maktab 7-sinf

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.