Orzular
Qaniydi orzular amalga oshsa,
Dunyo ko‘rinardi ko‘zlarga beg‘am.
Qalblarda qolmasdi qayg‘u va alam,
Orzular dengizday ko‘pirsa, toshsa.
Ushalmas orzular misoli uchqun,
Barcha uchqundan o‘t chiqishi gumon.
Intilib yashaydi har qaysi inson,
Orzular amalga oshmog‘i uchun.
Sevara ABDUVAXOBOVA,
Surxondaryo viloyati Denov tumani 11-maktab 9-sinf