Bizning toʻgarak
Toshkent shahar Uchtepa tumanidagi 296-maktabda tashkil etilgan “Kitobxonlik” to‘garagi a’zolarining mashqlarini ijodiy targ‘ibotchi Ochil Tohir tavsiya etdi.
Onajonim yagonam
Qiyosi yo‘q insonim,
Haqdan buyuk ehsonim,
Umrimga soyabonim,
Onajonim yagonam.
Behisht-u rizvonimsiz,
Hayotda posbonimsiz,
Siz bitmas dostonimsiz,
Onajonim yagonam.
Aziza YUSUPOVA,
6-“A” sinf o'quvchisi
Chinor
Sen ming yoshli chinorsan,
Xuddi ko‘hna minorsan.
Ko‘p yillarga guvohsan,
Doim hushyor, ogohsan.
Gul, mevang yo‘q bo‘lsa ham,
Odamlar qadring bilar.
Do‘stlar o‘zaro mudom,
Sening umringni tilar.
Sevinch ABDUNAIMOVA,
6-“G” sinf o‘quvchisi
Vatan
Hur vatanim tug‘ingni,
Ko‘targayman quchib shon.
Otash mehring cho‘g‘ini
Qalbda saqlarman, ishon.
Osmon qadar g‘ururim,
Men yurtim erka qizi.
Ichga sig‘mas sururim,
Kuldi tolem yulduzi.
A’lo o‘qish – vazifam,
Oldim zimmamga yuklab.
Bordurman safda men ham,
El-yurt ishonchin oqlab!
Aziza ABDULLAYEVA,
6-“A” sinf o‘quvchisi