Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

Besh imkon

Besh tashabbus bizlarga –

O‘g‘illarga, qizlarga

O‘qish uchun imkondir,

Ishlash uchun makondir.

 

Beshta muhim tashabbus –

Yo‘limizga shamchiroq.

Adashmaymiz bu yo‘ldan,

Xatolar bizdan yiroq.

 

O‘qish, yozish, chizishdan

Bergaydir bizga saboq.

Ilm olish yo‘lida

Bo‘lgaydir bizga sabot.

 

Besh tashabbus – besh imkon

Yorug‘ qilgay yuzimiz.

Yurtni buyuk qilgaymiz,

Bunga yetar kuchimiz.

 

Adiba QUVONDIQOVA,

Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek

tumanidagi 207-maktabning  7-sinf o‘quvchisi

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.