Shabboda
Pichirlaydi labini bosib,
Qulog‘imga mayin shabboda.
Go‘yo sarmast baxtning kuyidan,
Orzularin etar ifoda.
Bu shabboda xayollarimni,
Goh to‘zg‘itib, goho yig‘adi.
Bolishimga bog‘lab boshimni,
Xotiramni zimdan titadi.
Bir kuldirib, bir yig‘latadi,
Eh, shabboda shumlikni bilar.
Kutmagan payt ro‘paramizda,
Gohi qayg‘u, goh baxt keltirar.
Lobarxon ESHMURODOVA,
Navoiy viloyati Xatirchi tumanidagi
17-maktabning 10-sinf o‘quvchisi