Mushuk sabogʻi
Mushugim bor sariqvoy,
Ham chiroyli, yoqimtoy.
Yunglarini tarayman,
Goh erkalab silayman.
Sut berardim har kuni,
Bilmay qoldim bir kuni –
Jo‘jalarga chang solgan,
Qolsa, bir jo‘ja qolgan.
Ko‘p koyidim jahlda,
Xafa bo‘ldi u mendan.
Ichmayapti u sutni,
Qo‘msayaptiyov go‘shtni.
Chaqirsam ham qaramas,
Hatto dumin yalamas.
Boshlabdi bir shumlikni,
Poylayapti teshikni.
Saboq olib sinovdan,
Sichqon tuta boshladi.
Bizga yoqmas qilig‘in,
Birato‘la tashladi.
Barchinoy ISMATOVA,
Jizzax viloyati Zarbdor tumanidagi
26-maktabning 6-sinf o‘quvchisi