Bolalik
Ulgʻaytirding meni bolalik,
Yetaklarding bogʻcha, maktabga.
Tashvish bilmay oʻtardi kunim,
Katta hayot keldi, qoshimga.
Qay yoʻl eltar sen tomon, aytgin,
Sogʻinch toʻldi shirin jonimga.
Dard chekmoqdan dars oldim bugun,
Qani endi, qaytsang yonimga.
Diyora OʻTKUROVA,
Toshkent shahar Shayxontohur tumanidagi
324-maktabning 8-sinf oʻquvchisi