Zulfiyaxonimga
Sheʼrida mujassam hayot tasviri,
Tiniq anhor kabi tuygʻular zilol.
Ilk bor kurtak ochgan novdadan tortib,
Tabiat, qushlar ham sheʼr oldida lol.
Ayol qalbi ila zahmatlar chekib,
Nazm gulshanida vafodan soʻzlar.
Sheʼriyat va turmush yukini ortib,
Hayotdan ezgulik, goʻzallik izlar.
Siz – vafo timsoli, sabr-u sadoqat,
Goʻzallik sizdadir, sizda matonat.
Har bir satringizda buyuklik bordir,
Umr daftaringiz bizlarga ibrat.
Sojida JUMANAZAROVA,
Xorazm viloyati Yangiariq tumanidagi
12-maktabning 10-sinf oʻquvchisi