Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

Koronavirus, seni yengamiz

Yurtimizning boshiga

Tushdi ogʻir bir sinov,

Lek bu ofat bizlarga

Aslo boʻlolmagay gʻov.

 

Aziz yurtdoshlarimiz,

Vahimaga tushmang hech.

Bizlar qalban birgamiz,

Kurashamiz erta-kech.

 

Karantinga rioya

Qilishimiz kifoya.

Togʻdek metin iroda

Bizning oʻzbeklarga xos.

 

Chin koʻngildan kurashib

Qilsak agar harakat,

Ishoning, tez orada

Virus yengilar albat.

 

Shahina ABDULLAYEVA,

Guliston shahar 12-maktabning

9-sinf oʻquvchisi

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.