Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

Yoz madhi

Koʻhna anhor suvi zilol,

Bogʻlar aro mevalar bol,

Taʼtillarda kular iqbol,

Shu-da, yozgi moʻjiza.

 

Tabiat bagʻrin ochdi,

Gullar iforin sochdi,

Arining tinchi qochdi,

Shu-da yozgi moʻjiza.

 

Quyosh qizdirdi rosa,

Oʻrik gʻarq pishdi, mazza,

Hamma yoqda ovoza –

Shu-da, yozgi moʻjiza.

 

 

Mushtariybonu ESHPARDAYEVA,

Toshkent viloyati Chirchiq shahridagi

16-maktabning 6-sinf oʻquvchisi

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.