Mehr
Yuragim mehrga toʻlsin limmo-lim,
Koʻnglimda qolmasin zarracha alam.
Faqat yaxshilikni yozsin qalamim,
Mehrga yoʻgʻrilsin bu yorugʻ olam.
Har tongda har kimning tolei uzra
Mehrning nurlari charaqlab tursin.
Siz ham imkon qadar mehr ulashing,
Mehringizdan barcha bahramand boʻlsin.
Zarina JOʻRAYEVA,
Toshkent shahar Chilonzor tumanidagi
181-maktabning 10-sinf oʻquvchisi