Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

Dovuchcha

Nordon, yashil dovuchcha

Turar shoxda jilmayib.

Olgim kelar hovuchlab,

Qolmasmikan kamayib?

 

O‘ylab o‘tirmay A’zam

Daraxtga chirmashdi xo‘p.

Shoxi singach bog‘bondan

Dakki ham eshitdi ko‘p.

 

Bu ham mayli qizig‘i,

Boshlandi-ku dars payti.

Voy qornim, deb buralib,

Ustozga “dardin” aytdi.

 

Bahor YAKUBOVA,

Samarqand viloyati Pastdarg‘om tumani

8-maktab 4-sinf

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.