Fasllar
Yurtimda toʻrt fasl bor,
Bir-biridan ziyoda.
Yoz, kuz, qish hamda bahor
Gir aylanar dunyoda.
Qishda yogʻar oppoq qor,
Quvalashib samoda.
Bahorgi yomgʻir esa
Jilolanar havoda.
Yozda mazza, yozda soz,
Choʻmilamiz anhorda.
Oftob nurini toʻkar
Hosilga toʻlgan boqqa.
Kuz kelganda bogʻimiz
Boʻlar misoli jannat.
Pishib yetilar turfa
Xildagi noz-u neʼmat.
Saxovatlisan oʻlkam –
Fasllar qonib suygan.
Fasllar bu mehrni
Aslida sendan olgan.
Mehrangiz YANDASHEVA,
Buxoro viloyati Gʻijduvon tumanidagi
32-maktabning 6-sinf oʻquvchisi