Sharqning eshigi
Kelajak poydevori –
Tili biyron bolangning.
Umri boʻlsin ziyoda
Ochilgan gul, lolangning.
Shonlidirsan – Xorazmiy,
Beruniylar beshigi.
Taʼrifing bitay nazmiy
NurdIr Sharqning eshigi.
Tanti-ulugʻ xalqingning
Risq-u roʻzi but boʻlsin.
Erta bahor yomgʻiri
Dalalarga qut boʻlsin.
Inkor qilib boʻlmas hech,
Mehri daryo makonsan.
Suvsiz giyoh oʻsmas hech,
Vatan – obi hayotsan.
Durdona ABDUQAHHOROVA,
Nizomiy nomidagi TDPU
3-bosqich akademik litsey oʻquvchisi