Shifokorlar
Bizni farzandidek suygan,
Ogʻrib qolsak yelgan, kuygan.
Jonin koʻp xatarga qoʻygan
Ey, fidoyi shifokorlar.
Ibn Sino avlodlari,
Pir tabiblar izdoshlari,
El-u yurtni asraguvchi
Ey, fidoyi shifokorlar.
Bu kunlar ham oʻtib ketar,
Halovatli kunlar kelar.
Xalq duosi sizni qoʻllar,
Ey, fidoyi shifokorlar.
Malika MIRJALOLOVA,
Toshkent viloyati Zangiota tumanidagi
9-maktabning 9-sinf oʻquvchisi