Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

Favvora

Favvora tinchlik ramzi,

Suv taratar har yonga.

Ajoyibdir jilosi,

Xush yoqadi insonga.

Yozning qaynoq taftida

Favvora berar salqin.

Undan orom olaman,

Suvin purkaydi jo‘shqin.

Dilga huzur baxsh etar

Bu ajoyib favvora.

Ularga boqib turib,

Mehrim oshar tobora.

Favvoralar aksida

Nur yog‘dirar kamalak.

Tomchilardan zavq olib

She’rlar bitmog‘im kerak.

Bizni hayron qoldirib,

U chaladi musiqa.

Favvora tomchilari

Raqs tushar antiqa.

Qatrasida hayot bor,

Misli olmos, betakror.

Angladim favvorada,

Sirli bir go‘zallik bor.

 

Ilyos DAMINOV,

Toshkent shahri Yashnobod tumani

30-maktab 6-sinf

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.