Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

Umrim chirog‘i

Osmonlarda uchdim burgutday,

Oymomoni quchdim bulutday.

Bor bo‘lsangiz mening ko‘ksim tog‘,

Ota, siz hammadan yaxshiroq.

 

Omadimdan quvonib, boyib,

Xato qilsam qo‘yasiz koyib.

Umrim yo‘lin yoritgan chiroq –

Ota, siz hammadan yaxshiroq.

 

Yasmina MUSTAFOQULOVA,

Surxondaryo viloyati

Sherobod tumani 13-maktab 8-sinf

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.