Mehmon-mehmon
Singlim der: “Opajonim,
O‘ynaylik mehmon-mehmon.
Men yasanib kelayin,
Siz kuting bo‘lib mezbon.
Muzlatkichga yaqinda,
Tort qo‘yib ketgan oyim.
Shirinliklar javonda,
Novvotli bo‘lsin choyim”.
Dedim: “Nega menmas, sen
Mehmon bo‘lasan doim?”
Singlim deydi: “Mehmonni
Urishmaydi-da oyim”.
Saidaxon SATTOROVA,
Farg‘ona viloyati Uchko‘prik tumani
Sanoat kasb-hunar kolleji
2-bosqich o‘quvchisi