Tun gashti
Oyning soyga qarab, qilgan pardozin,
Yulduzlar kuzatib olar andoza.
Shabboda qizlari chalarlar sozin,
To‘kilar orzular qalblardek toza.
Tun gashtin his qilar haqiqiy shoir,
U sevar dilidan tunning qizini.
She’r bitib, sokinlik madhiga doir,
Tun yo‘lin poylaydi uzmay ko‘zini.
Lobar TO‘RAYEVA,
Xorazm viloyati Yangibozor tumani
9-maktab 9-sinf