Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

Jaholat

Johilning bog‘iga kelmaydi bahor,

Yomonlik tilar u kechda, ham nahor.

Johil har insonga tashvish istaydi,

Holiga goh yig‘lab, kulging qistaydi.

Ey do‘st, so‘zlarimga quloq sol bir on,

Johillik dillarga keltirar qiron.

Insonga xos emas, bundayin illat,

Ul sabab yo‘q bo‘lur, butun bir millat.

 

E’zozaxon MURODOVA,

Toshkent shahri 312-maktab 4-sinf

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.