Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

Har fasl oʻzgacha

Fasllar almashar birinma ketin,

Har fasl o‘z ko‘rkin etar namoyon.

Biri ko‘ngillarga berar orom-tin,

Biri qalbning torin chertar nogohon.

 

Har fasl o‘zgacha ajib bir hisli,

Har fasl jilosi kamalakka teng.

Tabiat bizlarni siylagay asli,

Olamning shundayin ochiq, ko‘ngli keng.

 

Almashar har fasl navbati bilan,

Daraxtlar libosin yangilab har on.

Dillarga zavq berar savlati bilan,

Chiroyin namoyon etar har tomon.

 

Farangiz ABRUYEVA,

Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumanidagi

9-maktabning 9-sinf o‘quvchisi

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.