Sodiq doʻst
Oftob bo‘lib yo‘limni
Yoritadi kitobjon.
Uning kabi sodiq do‘st
Topolmadim hech qachon.
Har satrida orzular
Qo‘shiq aytib kezadi.
Hikmat to‘la satrlar
Shuurimni bezadi.
Yaxshi hamda yomonni
Undan o‘rganib oldim.
Kitobjon, ming-ming rahmat,
Sendan ko‘p saboq oldim.
Nozima NABIYEVA,
Qashqadaryo viliyati Qarshi shahridagi 16-maktabining 5-sinf o‘quvchisi