Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

Kapalak

Buncha beozorsan, bunchalar goʻzal,

Taʼrifingni maqtab sabolar yeldi.

Atigi bir kecha boshimni qoʻyib,

Harir qanotingda uxlagim keldi.

 

Bagʻring pok, qalbingda yoʻq erur gʻubor,

Qanoting keng yozib uchasan quvnoq,

Samolardan kelgan oq farishtasan,

Nozik gulbarglarni oʻpasan mushtoq.

 

Ikki qanotingda ikki ezgulik,

Aytgin, sen nimasan: balki bir malak.

Tingla, orzuimni yurakdan aytay,

Kaftimga bir bora qoʻngin kapalak.

 

Sevinch ABDAZOVA,

Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabining 9-sinf oʻquvchisi

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.