Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

Oʻzbekiston

Oʻynab-kulib oʻsayapman,

Oʻzbekiston bagʻrida.

Koʻzim quvnab toʻymaydi,

Dalasidan, togʻidan.

 

Jannatmakon atalmish,

Har manzil bogʻu-boʻston.

Sharafingga, shoninga,

Koʻz tegmasin hech qachon.

 

Shunday ajib diyorda

Tinch, osuda yashaymiz.

Nomingga dogʻ tushirmay,

Avaylaymiz, asraymiz.

 

Himoyachim, otamsan,

Mehribonim, onamsan.

Qalbimga ilhom bergan

Jondan aziz Vatansan.

 

Dilshod OTABOYEV,

Buxoro viloyati Shofirkon tumanidagi 3-maktabi 5-sinf oʻquvchisi

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.