Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

Kim boʻlmoqchisan?

Novda ochganda kurtak

Berar hosildan darak,

Balki bogʻbon boʻlajak,

Ayt-chi, kim boʻlmoqchisan?

 

Shodlik baxtga hamnafas,

Qalbingda oliy havas,

Yetuk olim, yo zoʻr shaxs,

Ayt-chi, kim boʻlmoqchisan?

 

Koʻksi uzra faxr-shon

Toshib uradi javlon.

Ertangi Oʻzbekiston,

Ayt-chi, kim boʻlmoqchisan?

 

Baxtli bormi sendayin,

Orzuga yoʻqdir ayb,

Kun keladi ulgʻayib,

Ayt-chi, kim boʻlmoqchisan?

 

Xudoyberdi TOʻYCHIYEV,

QarshiDU 2-bosqich talabasi

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.