Kimning onasi chiroyli
Bir kuni qizi oyisining yoniga kelib, “Oyijon, kimning onasi chiroyliroq?” – deb so‘radi. Onasi unga jilmayib: “Hammaning onasi chiroyli”, – deb aytdi.
– Oyijon, ayting-chi gullar, hayvon-u hasharotlarning ham oyisi bormi? – deb so‘radi yana qizi.
– Ha, qizim, ularning ham oyisi bor, – javob qaytardi ona.
– Oyijon, gullarning oyisi sizdan chiroylimi?
– Albatta, chiroyli-da.
– Yo‘q, qo‘shilmayman, ularning oyisi sizdan chiroyli emas, – dedi qizi.
– Qizim, sen adashyapsan, hammaning onasi o‘zi uchun chiroyli! Gullar gapirishni bilganda, bu haqda aytgan bo‘lardi, – dedi onasi.
Mubina RIXSIBOYEVA,
Toshkent shahar Uchtepa tumani 242-maktab 5-sinf