Kitob o‘qisam
Kitob-la ravon yo‘lim,
Bog‘ bo‘lar dasht-u cho‘lim,
Ko‘rinar hayot so‘lim,
Agar kitob o‘qisam...
Nutqim ravonlashadi,
Tafakkurim oshadi,
Ilmim to‘lib-toshadi,
Agar kitob o‘qisam...
Vaqtim bekor ketmaydi,
Kunim bekor o‘tmaydi,
Hech kim menga yetmaydi,
Agar kitob o‘qisam...
Shohidaxon HAKIMOVA,
O‘zMU qoshidagi 2-son
akademik litsey o‘quvchisi